Anons
"Baxtli gadoylar" spektakli
E’lon qilingan sana: · 28

“Ilhom” teatrida “Baxtli gadoylar” spektakli namoyish etiladi.
Karlo Gotssining pyesasi asosida yaratilgan, voqealari Samarqandga ko‘chirilgan spektakl. Italiyaning del arte komediyasi qahramonlari bu yerda o‘ziga xos xarakter, tarix va millatga ega bo‘lib, turli tillarda so‘zlashadi. Gotssi va Mark Vayl talqinidagi Samarqand Osiyo va Yevropa madaniyatlari qorishib ketgan Bobilga aylanadi.
Davomiyligi: 3 soat 15 daqiqa, yoshi: 14+.
Chiptalar narxi: 240 000 soʻmdan boshlanadi.
Ma’lumot uchun telefon raqami: (+998) 71−241−2241.
