Anons

"Mening nabiram Veniamin" spektakli

E’lon qilingan sana: · 24
"Mening nabiram Veniamin" spektakli

Turkiston san’at saroyida Lyudmila Ulitskaya pyesasi asosida sahnalashtirilgan, bosh rolni Liya Axedjakova ijro etgan “Mening nabiram Veniamin” spektakli namoyish etiladi.

Esfir bolalik xotiralari va o‘sha davr qarashlari bilan yashaydi, boshqalarning hayotini ham o‘zi boshqarishga odatlangan. U o‘g‘liga munosib kelin topishga urinadi, ammo barcha urinishlari besamar ketadi. Oxiri oʻzi tug‘ilib o‘sgan Bobruysk shahridan “ishonchli” oilaning yosh qizini olib keladi. Biroq o‘g‘li o‘ziga tanlangan kelin bilan turmush qurishga qarshi chiqadi, qiz esa Esfir tasavvur qilganidek bo‘lib chiqmaydi. Bu — ona mehri haqida kulgili va ta’sirchan hikoya. Bu mehr ba’zan inson hayotini obod qilishi, ba’zan esa uni izdan chiqarishi mumkin. Spektaklda Aleksandra Islenteva, Nadejda Lumpova va Gleb Romashevskiy ham ishtirok etadi. Davomiyligi — tanaffussiz 1 soat 50 daqiqa. Yosh chegarasi — 12+.

Chiptalar narxi: 289 000 soʻmdan boshlanadi.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling