Anons

Sverdlovsk musiqali komediya teatrining gastrollari

E’lon qilingan sana: · 58
Sverdlovsk musiqali komediya teatrining gastrollari

Operetta teatrida Yekaterinburgdagi Sverdlovsk davlat akademik musiqali komediya teatrining gastrollari bo‘lib o‘tadi.

Sverdlovsk musiqali komediya teatri Rossiyaning eng mashhur musiqali teatrlaridan biri bo‘lib, ko‘plab “Oltin niqob” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Truppa Toshkentda sovet senzurasi qurboni boʻlgan xonandalar haqidagi spektakl va operettalar, myuzikllar va estrada xitlaridan iborat katta shou-dasturni namoyish etadi.

Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 14-noyabr — muhojirlikka ketishga majbur bo‘lgan Aida Vedisheva, Larisa Mondrus va Nina Brodskaya taqdiri haqidagi “Iliqlik” spektakli, ularning qo‘shiqlari bilan (mualliflar — I. Aliqperov va A. Rusinov, 1,5 soat, 12+);
  • 15-noyabr — “Teatr yulduzlari siz uchun porlaydi” shou-dasturi: opera va myuzikllardan ariyalar, duet va kupletlar, sovet xitlari va zamonaviy qo‘shiqlar.

Soat 17:30 da boshlanadi.

Chiptalar narxi: 82 500 soʻmdan 110 000 soʻmgacha.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling