Anons
“Qishki tun tushlari” spektakli
E’lon qilingan sana: · 124

O‘zbek davlat drama teatri sahnasida “Qishki tun tushlari” spektakli namoyish etiladi. Sahna asari Russian Seasons loyihasi doirasida tragifars janrida taqdim etiladi.
Spektakl syujeti Chexovning sevgi, insoniy ehtiroslar, yolg‘izlik va taqdir burilishlari haqidagi hikoyalariga asoslangan bo‘lib, unda nozik yumor va tragikomediya elementlari uyg‘unlashgan.
Davomiyligi: 1 soat 15 daqiqa.
Yosh cheklovi: 12+.
Chiptalar narxi: 77 000 so‘m.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−244−1751, (+998) 71−244−3375.