Anons
“Adolat fasli” spektakli
E’lon qilingan sana: · 79

O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektakli namoyish etiladi.
Ushbu spektakl Amir Temur haqidagi avvalgi sahna asarlaridan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston teatrlarida avval qo‘yilgan spektakllarda ko‘proq Sohibqiron biografiyasida uning harbiy fazilatlariga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ushbu spektaklda uning shaxs sifatidagi qiyofasi ochib beriladi va Amir Temurning qizg‘in hayotidan atigi bir kun tasvirlanadi. Ziddiyatlar girdobi bir lahzaga ham susaymaydi.
Chiptalar narxi: 77 000 so‘mdan 110 000 so‘mgacha.