Anons

“Kameliyali xonim” baleti

E’lon qilingan sana: · 22
“Kameliyali xonim” baleti

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Juzeppe Verdi va Pyetro Maskanyi musiqalari asosida yaratilgan “Kameliyali xonim” baleti namoyish etiladi.

Aleksandr Dyuma (o‘g‘li) romani asosidagi Margarita Gotye va Arman Dyuvalning hikoyasi muhabbat, fidoyilik va fojiali taqdir haqida so‘zlaydi. Verdi va Maskanyi musiqalari spektaklga ehtiros va dramatizm bag‘ishlaydi, xoreografiya esa tanish syujetni so‘zsiz hikoya qilinadigan voqeaga aylantiradi.

Yosh chegarasi: 6+.

Chipta narxlari: 77 000 so‘mdan 220 000 so‘mgacha.

Murojaat uchun: (+998) 71−232−1948.

Jadval va chiptalar

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling