Anons
“Yevgeniy Onegin” operasi
E’lon qilingan sana: · 24

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Yevgeniy Onegin” operasi namoyish etiladi.
Aleksandr Pushkinning shu nomdagi romani asosida yaratilgan uch pardali lirik opera. Pyotr Chaykovskiy musiqasi matnga shunchaki jo‘r bo‘lib qolmay, uni davom ettiradi. “Lirik sahnalar” orqali operaning bosh qahramoniga aylangan Tatyana Larinaning his-tuyg‘ulari va ruhiy iztiroblari ochib beriladi.
Davomiyligi: 2 soat.
Yosh chegarasi: 12+.
Chipta narxlari: 55 000 so‘mdan boshlanadi.