Andijonga olib boruvchi yangi tezyurar avtomagistral qatnov vaqtini ikki soatga qisqartiradi

“Toshkent — Andijon” yangi tezyurar avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Yangi tezyurar yo‘lning tashkil etilishi qulay sayohat sharoitlarini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va hududlarda logistika jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.
“Bu poytaxt va 10,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysini bog‘lovchi arteriyaga aylanadi”, — deydi transport vaziri Ilhom Maxkamov.
Loyihaning asosiy parametrlari:
- uzunligi — 314 kilometr;
- sayohat vaqtini besh soatdan uch soatgacha qisqartirish;
- kutilayotgan YaIM oʻsishi — +2,6%;
- yoʻl-transport hodisalari darajasini pasaytirish foizi — 40.
“Toshkent — Angren — Qamchiq dovoni” yoʻnalishi uchun ma’lumotlar:
- 1A toifali uchastka oltita harakatlanish chizigʻi bilan — 138 kilometr;
- 1A toifadagi toʻrtta harakatlanish chizigʻiga ega uchastka — 33 kilometr (tunnel uchastkasi);
- Tunnellar soni: 10 ta, shu jumladan, eng uzuni 6,7 kilometr.
Yoʻlning oʻzi uchun qurilish muddati olti yilu uch oy boʻlishi kutilmoqda. Taʼkidlanishicha, yoʻnalishning 64 foizi yangidan quriladi, 36 foizi rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, bu pullik yoʻlga aylanishi va sement-beton yuzasiga ega boʻlishi mumkin.