Samarqandga kirish uch kunga yopiladi

E’lon qilingan sana· 1 246
Samarqandga kirish uch kunga yopiladi

3−5 aprel kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi sammiti boʻlib oʻtishi munosabati bilan Samarqandga kirish yoʻllari avtomobillar uchun yopiladi. Ushbu sanalarda shaharga sayohat qilishni rejalashtirgan mamlakat aholisi va mehmonlariga safarini boshqa vaqtga qoldirish tavsiya etiladi.

Oʻzbekiston IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tranzit transport vositalari uchun Samarqand boʻylab aylanma yoʻnalishlar tashkil etiladi.

Quyidagi diagrammada yo‘l harakati politsiyasi postlari raqamlar bilan, yopilayotgan yo‘llar qizil chiziqlar bilan, yengil avtomobillar uchun qo‘shimcha aylanma yo‘nalishlar nuqtali chiziqlar bilan, yuk mashinalari uchun aylanib o‘tish yo‘nalishlari yashil chiziqlar bilan belgilangan.

Mazkur xarita kattaroq hajmda ushbu havolada mavjud.

Aylanma yo‘nalishlardan foydalanadigan haydovchilar uchun Toshkentdan Kitobgacha bo‘lgan yo‘l 47 kilometrga, Qarshigacha — 29 kilometrga, Navoiygacha — 6 kilometrga ko‘payadi.


Shuningdek, Samarqand shahridagi Ibn Sino, Afrosiyob, Dahbed, Bo‘stonsaroy, Universitet maydoni, Namozgo‘x, Sadriddin Ayniy, Shabod, Jo‘raqulov, Registon, Beruniy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling