Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar eʼlon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 6−8-iyun kunlari respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda, deb xabar berdi Turizm qoʻmitasi. Bu aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.
Xususan, respublika bo‘ylab hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari (mehmonxonalar) tomonidan o‘zlarining xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
Shuningdek, “Vaqf' xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan. Xususan, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.