Xivada an'anaviy qovun sayli boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 33
Xivada an'anaviy qovun sayli boʻlib oʻtadi

Turizm qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan festival doirasida viloyatning shahar-tumanlari o‘z hududlarida yetishtirilgan shirin qovunlarning ko‘rgazma-savdosini o‘tkazadi. Pavilonlar hududiy rang-baranglik asosida bayramona bezatiladi.

Shuningdek, teatrlashtirilgan sahnalar, qo‘g‘irchoq teatri va milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar, Xorazm nonlari va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, badiiy jamoalar, folklor guruhlarining jonli ijro chiqishlari, mahorat darslari, tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

“Qovun sayli” da faol ishtirok etganlar turli nominatsiyalar asosida Xorazm viloyat hokimligi va homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8−9 avgust kunlari “Ichan qal’a” va 10-avgust kuni “Arda Xiva” turizm majmualarida bo‘lib o‘tadi.

Konsert dasturi:

  • 8-avgust: Ichan Qal’ada Mustafa Ceceli, DJ Meaghan, Xamdam Sobirov;
  • 9-avgust: Ichan Qal’ada Jony, DJ Dianella, Tohir Sodiqov;
  • 10-avgust: Arda Xivada Roza Zergerli, Gʻulomjon Yoqubov, Yulduz Turdiyeva, Gulsanam Mamazoitova va Xorazm yulduzlari.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling