Samarqand noʻxat shoʻrak taomi geografik koʻrsatkich maqomini oldi

E’lon qilingan sana· 50
Samarqand noʻxat shoʻrak taomi geografik koʻrsatkich maqomini oldi

Adliya vazirligi tomonidan Samarqand noʻxat sho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va tegishli reyestrga kiritildi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu taomning Samarqand viloyati oshpazlik anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliqligini bildiradi. Ro‘yxatga olish guvohnomasi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga topshirildi.

Geografik koʻrsatkich — bu mahsulotning ma’lum bir joy bilan bogʻliqligini va ushbu hududga xos boʻlgan maxsus fazilatlar, an’analar yoki obroʻga ega ekanini tasdiqlovchi maxsus maqom.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling