Foto: Surxondaryoda salkam 16 gektar maydonda ekoturizm kompleksi quriladi

E’lon qilingan sana· 311
Foto: Surxondaryoda salkam 16 gektar maydonda ekoturizm kompleksi quriladi

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 15,7 gektar bo‘lgan, qiymati 140 mlrd so‘mlik ekoturizm kompleksi quriladi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ekoturizm kompleksi “Janubiy Surxon suv ombori” hududidan oʻrin oladi. Loyiha doirasida tabiiy muhitni asrab-avaylash, yangi yashil maydonlar tashkil etish, ekologik talablarga mos yo‘l va infratuzilmalar barpo etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, oqova suvlarni tozalash tizimi joriy qilinadi.

Ma’lumotga koʻra, Surxondaryo viloyati hokimi loyiha taqdimoti bilan tanishgan. Hudud ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlarini tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirish, belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda boshlash vazifasi topshirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling