Foto: Aydar-Arnasoyda yangi ekoturizm maskani quriladi

E’lon qilingan sana· 672
Foto: Aydar-Arnasoyda yangi ekoturizm maskani quriladi

Oʻzbekistonda turizmni yanada rivojlantirish, ichki hamda ziyorat turizmi salohiyatini kengaytirish va yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish maqsadida Jizzax viloyati Arnasoy tumanida, Aydar-Arnasoy hududida ekoturizmga ixtisoslashgan yangi maskan qurilishi olib borilmoqda.

Loyiha doirasida zamonaviy yondashuv asosida ekologik mehmon uylari, velosiped va piyoda sayr yo‘llari, shuningdek, tabiatni asrashga qaratilgan axborot markazi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Qurilish jarayonlariga 60 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan bo‘lib, hozirda 190 nafardan ziyod ishchi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur ekoturizm majmuasi 2025-yilning noyabr oyida to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Maskanda sayyohlar uchun qulayliklar bilan birga, tabiatni muhofaza qilishga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilmalar — quyosh panellari, yomg‘ir suvini yig‘ish tizimlari va chiqindilarni saralash punktlari ham o‘rnatiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling