Namanganda IV Xalqaro asal festivali oʻtkaziladi
E’lon qilingan sana: · 226

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida 24−26-oktyabr kunlari IV Xalqaro asal festivali boʻlib oʻtadi.
Ushbu festivalda 10 dan ortiq davlatlardan kelayotgan asalarichilar hamda respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ustalar, xalqaro ekspertlar, olimlar va ijodkorlar ishtirok etadilar.
Tadbir dasturidan asal yarmarkasi, ilmiy-amaliy konferensiyalar, B2B uchrashuvlar, madaniy shoular, osh chempionati, moda ko‘rgazmasi va asalarichilik sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijlik mutaxassislardan mahorat darslari o‘rin olgan. Tadbir ishtirokchilari asal mahsulotlari, asalarichilik, asal yigʼish va asalarilar bilan changlatish haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Shuningdek, festival doirasida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi.
