"Qamchiq" dovonida yangi turizm markazi quriladi

E’lon qilingan sana· 143
"Qamchiq" dovonida yangi turizm markazi quriladi

Namangan viloyati hokimligi Axbarot xizmatiga ma’lumotiga koʻra, Namangan viloyatidagi “Qamchiq” dovonida yangi turimz maskani barpo etiladi.

Ma’lum qilinishicha, yangi loyiha 90 gektar maydonni oʻz ichiga qamrab oladi. Shuningdek, unda da zamonaviy dor yo‘li va dam olish majmuasi quriladi. Qurilish ishlari Avstriyaning Doppelmayr / Garaventa guruhi tomonidan amalga oshiriladi.

Doppelmayr / Garaventa guruhi — Avstriya va Shveysariyada tashkil topgan, kanat yo‘llari, gondolalar, liftlar, yo‘lovchi va yuk tashish tizimlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar birlashmasidir. Guruh turli texnologiyalar, tizimlar va xizmatlar bo‘yicha keng portfelga ega. Kompaniya dunyo bo‘ylab 96 ta mamlakatda 15 mingdan ortiq kanat yo‘llari loyihalashtirgan.

13-oktyabr kuni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Doppelmayr/Garaventa guruhi vakillari — Joxannes Triyebnik, Valeriy Yashin, Yevgeniy Kuprinni qabul qilib, loyihaning ahamiyati va amalga oshiriladigan qurilish obyektlarini muhokama qilgan. Xabarda qayd etilishicha, mazkur loyihani Namanganning yirik tadbirkorlaridan biri — Aisha group kompaniyasi rahbari Jobirxon Kamalitdinov moliyalashtirmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling