Har oyda milliondan ortiq turist: Oʻzbekiston yangi rekord oʻrnatdi

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord koʻrsatkichlarni namoyish etdi — 2025-yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston turizm qoʻmitasi. Shu tariqa, joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga koʻpdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida — 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining oʻsishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.