O‘zbekistonga koʻproq qaysi mamlakatlardan sayohatchilar kelgan?
E’lon qilingan sana: · 477

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga qaysi davlatlardan qancha sayohatchi kelganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu vaqt ichida qariyb 1,4 million nafar chet-el fuqarolari sayohat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 9 oy ichida O‘zbekistonga sayohat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Rossiya — 269 158 nafar;
- Turkmaniston — 193 635 nafar;
- Qozog‘iston — 143 898 nafar;
- Xitoy — 117 864 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 114 005 nafar;
- Tojikiston — 84 696 nafar;
- Turkiya — 50 976 nafar;
- Italiya — 32 635 nafar;
- Hindiston — 32 254 nafar;
- Germaniya — 29 632 nafar;
- Koreya — 26 832 nafar;
- AQSH — 23 630 nafar;
- boshqa davlatlar — 255 855 nafar.
Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda deyarli 506 ming nafarga oshgan.