Xivadagi “Ichan-qal’a” aqlli muzey-shaharga aylantiriladi

O‘zbekistonning boy madaniy merosini zamonaviy texnologiyalar yordamida keng targ‘ib etish maqsadida Xiva shahridagi qadimiy “Ichan-qal'a” muzey-qo‘riqxonasi aqlli muzey-shaharga aylantiriladi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilandi.
Qarorga ko‘ra, “Ichan-qal'a” hududi aholining kundalik hayoti, savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi hamda kommunikatsiya tizimi bilan uyg‘unlashtirilgan holda, qadimiy Xivaning tarixiy ruhini saqlovchi zamonaviy, immersiv va raqamli muzey-shaharga aylantiriladi.
Yangi loyihada sayyohlar tarixiy obidalarni nafaqat tomosha qiladi, balki ularning tarixini chuqurroq his etadi, maxsus interfaol texnologiyalar orqali o‘tmishga yanada yaqinroq bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.