Statistika: O‘zbekistonga 10 oyda 9,7 mln turist tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 90
Statistika: O‘zbekistonga 10 oyda 9,7 mln turist tashrif buyurdi

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida mamlakatga 9,7 million nafar xorijiy turist tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 million nafarga yoki 50 foizga ko‘p. Taqqoslash uchun, 2024 yilning shu davrida turistlar soni 6,5 million nafarni tashkil etgandi.

Turistlar oqimi bo‘yicha TOP-10 davlat:

  1. Qirg‘iz Respublikasi — 2,8 mln;
  2. Qozog‘iston — 2,3 mln;
  3. Tojikiston — 2,2 mln;
  4. Rossiya — 851,9 ming;
  5. Afg‘oniston — 388,2 ming;
  6. Turkmaniston — 308,9 ming;
  7. Xitoy — 217,7 ming;
  8. Turkiya — 148,1 ming;
  9. Hindiston — 66,1 ming;
  10. Koreya Respublikasi — 41,6 ming;

Mutaxassislar fikricha, turistlar oqimining sezilarli o‘sishiga vizasiz rejimni kengaytirish, aviaqatnovlar sonining ortishi hamda yurtimizda turizm infratuzilmasining yaxshilanishi sabab bo‘lgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling