Oʻzbekistonga 2025-yil davomida 10 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 80
Oʻzbekistonga 2025-yil davomida 10 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

2025-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va ularga 4,4 milliard dollar miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ichki turizm bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida aholining hududlarga 23,7 million marta tashrifi amalga oshirilgan.

Bundan tashqari, sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va hozirda ularning soni 4348 tani tashkil etmoqda. Mamlakat bo‘ylab 4345 ta gid-ekskursovod faoliyat olib bormoqda, yanvar-noyabr oylarida 375 nafar gid-ekskursovod tayyorlandi.

Tadbirkorlik subyektlariga berilgan tavsiyalar natijasida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi holati yaxshilanishiga erishildi. Investitsiya sohasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling