Xivada 9 tonna Xorazm oshi tayyorlandi

E’lon qilingan sana· 98
Xivada 9 tonna Xorazm oshi tayyorlandi

14-dekabr kuni Xiva shahridagi “Arda Xiva” majmuasida osh festivali bo‘lib o‘tdi, unda 9 tonna osh pishirildi.

Oshpazlarning aytishicha, masalliqlar miqdori mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda belgilangan.

Xorazm oshini tayyorlash uchun 2,5 tonna alanga guruchi, 2,5 tonna mol go‘shti, 750 kg paxta yog‘i va 3 tonna sariq sabzi ishlatildi.

Uning tayyorlashida Xiva, Urganch, Samarqand va boshqa shaharlardan 50 dan ortiq oshpaz qatnashdi.

Oshpazlar ertalab soat 6 da taom tayyorlashga kirishdilar va jarayon majmua oldidagi markaziy maydonda, archa yonida jonli efirda ko‘rsatib borildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling