Mehmonxonalarda saharlik nonushtasi yoʻlga qoʻyildi
E’lon qilingan sana: · 348

Oʻzbekistonda 19-fevraldan Ramazon oyi boshlangandi. Shu munosabat bilan respublikaning barcha hududlaridagi mehmonxonalarda tashrif buyuruvchilar uchun saharlik nonushtasi yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda Turizm qoʻmitasi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bunday tashabbus Ramazon oyining ma’naviy muhitini mehmonlar uchun yanada qulay va mazmunli tashkil etish, mehmondo‘stlik xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.
Respublikadagi jami 551 ta mehmonxona bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlab, saharlik nonushtasini yoʻlga qoʻygan. Mehmonxonalar roʻyxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.