Toshkent — Chorvoq yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 34
Toshkent — Chorvoq yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi

23-mart kunidan boshlab Toshshaxartransxizmat tomonidan Toshkent — Chorvoq yo‘nalishida mavsumiy avtobus harakati yana tiklanadi.

Mazkur yo‘nalishga 47 o‘rindiqli, konditsioner bilan jihozlangan MAN RR3 rusumli zamonaviy turistik avtobuslar jalb etiladi. Yo‘l haqi 25 000 so‘m etib belgilangan. Yo‘lovchilar uchun to‘lovni naqd pulda yoki bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Birinchi qatnov har kuni soat 6:00 da Mashinasozlar metro bekatidan boshlanadi. Avtobuslar 1,5 soat oralig‘ida harakatlanadi, safar davomiyligi esa o‘rtacha 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov Chorvoq tomondan soat 20:30 da amalga oshirilib, 22:00 da yana Mashinasozlar metrosiga yetib keladi.

Yo‘nalish Yangi O‘zbekiston bog‘i, Xojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo‘rg‘onigacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling