Samarqandda 2026-yilda kamida 5 nafar dunyoga mashhur san'atkorning konserti oʻtkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda turizm sohasiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida 2026-yilda kamida 5 nafar dunyoga mashhur san’atkorning konserti oʻtkaziladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi boʻlgan 50 nafar xorijiy blogerga Oʻzbekistonga kelish uchun yetti kunlik bepul turpaket ham taqdim etiladi.
Bundan tashqari, yigʻilish davomida Samarqandda 10 ta biznes-forum va moda festivalini oʻtkazish muhimligi ham taʼkidlangan.
Ma’lumot uchun, 8-iyun kuni Samarqandda mashhur xonanda Jon Lejendning konserti boʻlib oʻtadi. Unga chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.