Toshkent viloyatining togʻli hududlarida yangi mikroavtobus yoʻnalishlari ishga tushirildi

Toshkent viloyatida 324- va 325-sonli yangi mikroavtobus yo‘nalishlari ishga tushiriladi, ular ommabop tog‘li sayyohlik maskanlarini o‘zaro bog‘laydi. Bu yo‘nalishlar viloyat aholisi hamda “Amirsoy”, “Chimyon” va “Chinorkent” dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qatnovni osonlashtiradi.

324-sonli yo‘nalish: Chimyon orqali harakatlanib Chinorkent temir yo‘l bekati — Qoranqul — Pana mehmonxonasi — Amirsoy — Tibet — Beldersoy — Chimyon — Sevarsoy — Layner — Piramida — Bochka orqali Beldersoyga boradi.

325-sonli yo‘nalish: Chimyon orqali Chinorkent temir yo‘l bekati — Bochka — Piramida — Layner — Sevarsoy — Chimyon — Beldersoy — Tibet — Amirsoy — Pana mehmonxonasi — Qoranqul — Chinorkentga qaytadi.

Yoʻnalishlarga 16 oʻrinli konditsionerga ega Ford mikroavtobuslari xizmat koʻrsatadi.
Yoʻl haqi 10 000 soʻm (naqd pulda yoki bank kartasi orqali toʻlashingiz mumkin).
Qatnovlar har kuni soat 6:00 dan boshlab, har 15 daqiqada amalga oshiriladi. Oʻrtacha sayohat vaqti taxminan 40 daqiqani tashkil qiladi.
