Anons
Xivada ichki turizm yarmarkasi
E’lon qilingan sana: · 91

Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yarmarkada turizm sohasi vakillari, turoperatorlar, turagentlar, mehmonxonalar, hostellar, mehmon uylari hamda boshqa turizm subyektlari ishtirok etishi mumkin.
Tadbir doirasida turizm sohasi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvlari, madaniy va ko‘ngilochar dasturlar hamda ichki turizm bo‘yicha yangi hamkorlik kelishuvlariga erishish imkoniyati yaratiladi.
Ishtirok etish bepul.
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 62−224−6737, (+998) 93−922−5519.