Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” festivallari boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 90
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” festivallari boʻlib oʻtadi

1-aprel kuni Buxoro shahrida kulgi va milliy taomlarga boy ikki yirik festival — “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivallari bo‘lib o‘tadi.

Bayram Butunjahon kulgi kuni munosabati bilan tashkil etilib, unda mashhur xalq qahramoni Xo‘ja Nasriddin obraziga bag‘ishlangan qiziqarli chiqishlar, yumoristik sahnalar, latifalar va satirik miniatyuralar namoyish etiladi. Mehmonlar kulgi, hazil-mutoyiba va xalq og‘zaki ijodining rang-barang namunalaridan bahramand bo‘lishadi.

Shu bilan birga, “Sharq taomlari” festivali doirasida tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston milliy oshxonasining turli xil mazali taomlari va shirinliklarini tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi.

Manzillar:

“Nasriddin Afandi” festivali — Nodir Devonbegi madrasasi hududida, Nasriddin Afandi haykali yonida bo‘lib o‘tadi;
“Sharq taomlari” festivali esa Somoniylar bog‘i kiraverishidagi hovuz oldi maydonida tashkil etiladi.

Kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling