Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda

E’lon qilingan sana· 94
Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand markazida 17−19-aprel kunlari davomida IV Xalqaro kashtachilik festivali boʻlib oʻtadi.

Festival davomida tashrif buyuruvchilar milliy hunarmandchilikning eng sara namunalari bilan tanishib, san’at va an’analarning betakror uyg‘unligini yaqindan his etish imkoniga ega bo‘ladilar. Dastur doirasida nodir ko‘rgazmalar tashkil etilib, mohir ustalar tomonidan tayyorlangan so‘zana va kashtachilik asarlari taqdim etiladi.

Shuningdek, mehmonlar uchun mahorat darslari o‘tkazilib, tajribali hunarmandlardan kashta tikish sirlarini o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, hunarmandchilik bozori faoliyat yuritadi va unda milliy sovg‘alar hamda esdalik buyumlarini xarid qilish mumkin bo‘ladi. Festival muhitini folklor jamoalarining chiqishlari yanada boyitadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling