Surxondaryoda an'anaviy "Boysun bahori" xalqaro festivali boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 35

Surxondaryo viloyatidagi Boysun tumanida 1−7-may kunlari har yili o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, festivalda 40 dan ortiq davlatdan 100 dan ortiq folklor jamoalari ishtirok etadi. Dastur doirasida kurash, ot sporti, ko‘pkari va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, maishiy hunarmandchilik koʻrgazmalari oʻtkaziladi.
Shuningdek, festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar hamda sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi.