Qoraqalpog‘istonda xalqaro konferensiya va “Mizdakhon – muqaddas va sirli maskan” nomli III festival boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 21
Qoraqalpog‘istonda xalqaro konferensiya va “Mizdakhon – muqaddas va sirli maskan” nomli III festival boʻlib oʻtadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlarida 23−25 aprel kunlari “Madaniy xabardorlikni oshirish va ekologik barqaror turizmni rivojlantirish” mavzusida III xalqaro konferensiya hamda “Mizdakhon — muqaddas va sirli maskan” nomli III festival boʻlib oʻtadi.
Uch kunlik dastur doirasida xorijlik ekspertlar va universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro treninglar tashkil etiladi. Shuningdek, Taxtako‘pir tumanidagi Qarateren etno-turistik majmuasida milliy taomlar tanlovi va konsert dasturi, Xo‘jayli tumanida milliy liboslar ko‘rgazmasi hamda konsert dasturi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, Qadimgi Mizdakhon yodgorligi va Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling