Qurbon hayiti kunlari ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 366
Qurbon hayiti kunlari ichki sayohatlar uchun chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlar uchun bir qator chegirmalar joriy etildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Dam olish kunlar toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, aholi Qurbon hayiti kunlarida ketma-ket 5 kun dam oladi. Shu munosabat bilan aholining mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 27−31-may kunlari davomida respublika bo‘ylab maxsus chegirmalar amal qiladi.

Hududlarda faoliyat yuritayotgan mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari o‘z xizmatlari uchun 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar taqdim etmoqda. Shuningdek, Madaniy meros agentligi huzuridagi davlat muzeylari hamda madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari uchun 10 foizgacha chegirmalar e’lon qilindi.

Bundan tashqari, pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun ham imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va yosh bolalar uchun ayrim ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling