Xivada VI Xalqaro Strongmen – Bahodirlar o‘yini bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 74
Xivada VI Xalqaro Strongmen – Bahodirlar o‘yini bo‘lib o‘tadi

Xiva shahrida 12−14-iyun kunlari VI Xalqaro Strongmen — Bahodirlar o‘yini boʻlib oʻtadi. Musobaqalar qadimiy Ichan-qal'a va Arda Xiva turizm majmualarida o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi, World Strongmen Federation hamkorligida tashkil etilmoqda.

Musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan 30 nafardan ortiq sportchi va bahodir ishtirok etishi kutilmoqda. Uch kun davomida ular turli sinovlarda kuch, chidamlilik va mahoratini namoyish etadi.

Tadbir dasturi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan havola orqali tanishish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling