Amirsoy'dagi kanat yo‘li ikki haftaga yopildi
E’lon qilingan sana: · 106

Amirsoy tog‘-chang‘i kurortida Amirsoy Express kanat yo‘li faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Cheklov texnik ishlar olib borilishi bilan bog‘liq.
Kanat yo‘li 2026-yil 22-iyundan 6-iyulgacha (shu kun ham qo‘shib hisoblanganda) tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi.
Kurort ma’muriyati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, mehmonlarga tushunganlari uchun minnatdorlik bildirdi.