Qadimiy Xivada an’anaviy “Qovun Sayli” festivali oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 117
 Qadimiy Xivada an’anaviy “Qovun Sayli” festivali oʻtkaziladi

Xiva shahrida an’anaviy “Qovun Sayli — 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival mehmonlarini Xorazmning mashhur va xushbo‘y qovunlari ko‘rgazmasi, milliy taomlar taqdimoti, xalq hunarmandchiligi namunalari, teatrlashtirilgan tomoshalar, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar hamda turli ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.

Festival doirasida taniqli san’atkorlar ham sahnaga chiqadi. 7-avgust kuni Gulsanam Mamazaitova, Yulduz Turdiyeva, Xulkar Abdullayeva, G‘ulomjon Yakubov, Og‘abek Sobirov va Xorazm yulduzlari chiqish qiladi. 8-avgust oqshomi DJ Makarella hamda MakSim ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Yakuniy kun — 9-avgustda esa Botir Qodirov, Ziyoda Qobulova, Og‘abek Sobirov va Xorazm yulduzlari tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashadi.

Festivalning ochilish va yopilish marosimlarini Davron Qobulov hamda Husnora Shodiyeva olib boradi.

Qadimiy Xiva muhitida milliy qadriyatlar, mazali taomlar va unutilmas konsertlarni birlashtirgan ushbu festival yozning eng yorqin voqealaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling