O‘zbekistonga 9 oyda 10 mln nafardan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
E’lon qilingan sana: · 85

2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 10,3 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga qaraganda 20,4 foizga oʻsgan. Sentyabr oyining oʻzida Oʻzbekistonga 1,2 mln nafar sayyoh kelgan.
Turistik tashriflarning eng yuqori o‘sishi Xitoy (2,1 baravar), Malayziya (1,9 baravar), Misr va Ruminiya (1,8 baravar), Indoneziya (1,7 baravar), Yaponiya (1,5 baravar), AQSh (1,4 baravar), Rossiya (1,3 baravar) davlatlariga toʻgʻri keladi.
Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniyadan keluvchilar 25 foizga, Fransiyadan 21 foiz va Turkiyadan esa 15 foizga oshgan.