Jaloliddin va Qutlugʻbeka xonim: Yulduz Rajabova va Emre Kivilchim toʻyidan yorqin lavhalar

Yulduz Rajabova va Emre Kivilchim O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida suratga olingan Jaloliddin Manguberdi haqidagi “Mendirman Jaloliddin” seriali orqali tanishgan. Suratga olish jarayonida ular juftlik sifadi Emre Kivilchim Jaloliddin obrazida, Yulduz Rajabova esa Qutlugʻbeka xonim, ya’ni Jaloliddinning ayoli sifatida rol ijro etishgan.
To‘y marosimi va unga tayyorgarlik jarayonidan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab layk va izohlar yig‘moqda. Ayniqsa, kelin obrazi foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Aktrisaning nafis uslubi va did bilan tanlangan imidji bu safar ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Biz ushbu to‘y marosimi, kelin obrazi va tantanadan eng yorqin lavhalarni bir joyga jamladik.
To‘y oqshomi 15-may Versal Saroyida bo‘lib o‘tdi. Marosimning tashkiliy ishlari bilan Madina Wedding shug‘ullangan bo‘lsa, dekoratsiya konsepsiyasi Hasan Decor tomonidan ishlab chiqilgan.
Dekoratsiya nafis uslubida ishlangan. Shift bo‘ylab osilgan yengil matolar makonga ertaknamo ko‘rinish bergan bo‘lsa, ularga uyg‘un kristall qandillar tantanaga qirollik kayfiyatini qo‘shib turibdi. Markaziy sahna ko‘p qatlamli gullar bilan bezatilgan, asosan oq va pastel rangdagi atirgullar kompozitsiyasi romantik kayfiyat yaratgan. Oynadek yaltiroq pol esa barcha yorug‘lik va dekor elementlarini aks ettirib, vizual jihatdan yanada dabdabali effekt hosil qilgan.
Kelin obrazi
Yulduz Rajabovaning kelinlik obrazini Grace Wedding House tayyorlagan.
Aktrisa uchun ikki xil obraz yaratilgan bo‘lib, ulardan biri to‘y marosimida kiyildi.
Kelin salom uchun esa mashhur dizaynerlardan hisoblanagan Sindor Collection tomonidan yaratilgan.
Sindor Toshkanboyev ushbu yaratilgan libosni “Sharq Yulduzi” deb nomlagan.
Kelin salomning oʻzini esa sevimli ustoz san’atkorlar Saida Rametova va Tojibar Azizova ijro etdilar.
Marosimlar orasida uzuk taqish marosimi ham oʻtkazildi.
Ushbu oqshomda ko‘plab ijodkorlar, san’atkorlar hamda shou-biznes vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar orasida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham bo‘lib, u kelin va kuyovga ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, kecha davomida jonli ijrodagi qo‘shiqlar yangradi. Jumladan, “Mendirman Jaloliddin” qo‘shig‘i ham birgalikda ijro etildi.
Shunindek, yana koʻplab taniqli ijodkorlar ham tashrif buyurishgan.












