To‘ydan keyin uyni qanday jihozlash va birdaniga hamma narsani sotib olmaslik mumkin

Dastlabki kunlarda nimalar kerak bo‘lishini, qanday xaridlar kutishi mumkinligini va bir xonadonda ikki kishining odatlarini qanday birlashtirish mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Kvartirani xuddi to‘yning o‘zini tashkillashtirgandek yig‘ishni xohlaysiz: ro‘yxat tuzib, bir dam olish kunida hammasini buyurtma qilish va bu mavzuga boshqa qaytmaslikni xohlaysiz. Do‘konda katta ovqatlanish stoli ham, torsher ham, qahva stoli ham, donli mahsulotlar uchun bir xil bankalar to‘plami ham zarurdek tuyuladi.
Uyda ma’lum boʻladiki, stol oshxonaning yarmini egallagan, torsherni qoʻyadigan joy yo‘q, bankalar esa hali polda turibdi, chunki shkaf hali sotib olinmagan.
Xonadonning, xayriyatki, o‘tkazish sanasi yo‘q — uni keyingi shanbagacha to‘liq yakunlash shart emas. Avval ikki kishi qanday yashashini tushunish, keyin esa bo‘sh burchaklarni to‘ldirish foydaliroqdir.
Xayriyatki, xonadonni bezashning aniq belgilangan sanasi yo‘q — uni kelasi shanbagacha to‘liq bitirish shart emas. Avval bu yerda ikki kishi qanday yashashini tushunib olish va shundan keyingina bo‘sh burchaklarni to‘ldirish ancha foydaliroqdir.
Avval bu yerda qancha vaqt bo‘lishingizni aniqlang
Shaxsiy xonadon, ijaraga olingan va allaqachon mebellar oʻrnatilgan kvartira yoki va ota-ona uyidagi xonani bir xil jihozlashdan ma’no yo‘q.
Shaxsiy kvartirangizda o‘rnatma shkaf, devorlar o‘lchamiga mos oshxona mebeli va qo‘shimcha yoritish tizimiga sarmoya kiritishingiz mumkin. Bularning barchasi uzoq vaqt o‘z joyida qoladi va bu jihozlar keyingi uyga sig‘armikan, deb bosh qotirishga hojat qolmaydi.

Ijaradagi uyda dastlab o‘zingiz bilan birga ko‘chirib ketish mumkin bo‘lgan buyumlardan boshlagan ma’qul. Alohida turadigan shkaf, oddiy stol, yig‘ma javon, torsher va matoli buyumlar uy almashtirganda eni roppa-rosa 176 santimetrli tokchaga moslab yig‘ilgan mebelga qaraganda ancha qoʻl keladi.
Ijaraga olingan uydagi katta o‘zgarishlarni uy egasi bilan oldindan kelishib olish kerak. Ayniqsa, santexnika, rozetkalar, eshiklar va besh daqiqada yechib, o‘zingiz bilan olib ketib bo‘lmaydigan barcha narsalarni almashtirish masalasida shunday yo‘l tutgan ma’qul.
Agar juftlik hozircha ota-onasi bilan birga yashayotgan bo‘lsa, vazifa ko‘lami yanada torayadi. Bunday holatda qulay yotoq o‘rni, buyumlarni saqlash joyi, ish hududi va hech bo‘lmaganda kichikkina shaxsiy makon tashkil qilish kerak bo‘ladi.
Bor narsalarni roʻyxatdan oʻtkazing
Do‘konga borishdan oldin bor narsalarni bir joyga to‘plash kerak.
To‘ydan keyin juftlikda uchta choynak, ikkita qozon, o‘n to‘rtta sochiq va bitta ham kir quritgich bo‘lmasligi mumkin. Sovg‘alarga avvalgi xonadonlardagi buyumlar ham qo‘shiladi: birining televizori, boshqasining kir yuvish mashinasi, idish-tovoqlar, kichik mebellar va bir necha yil davomida ochilmagan holda uydan-uyga sayohat qilib yurgan qutilar.

Buyumlarni qulay tarzda toʻrt guruhga boʻlish mumkin:
- siz doimo foydalanadigan narsalar;
- hozircha yetadigan narsalar;
- sotish yoki sovgʻa qilish mumkin boʻlgan narsalar;
- va aslida yetishmayatgan narsalar.
To‘y sovg‘alarini ayirboshlash, sotish va qarindoshlarga berish mumkin. Insondan minnatdor bo‘lish va u sovg‘a qilgan servizni o‘n yillab saqlash majburiyati — bular bir xil narsa emas.
Avval eshikni o‘lchang, keyin divanni tanlang
Xonaning oʻlchamlari — bu faqat boshlanishi.
Devorlar, tokchalar, eshik o‘rinlari, deraza tokchalarining balandligi va rozetkalargacha bo‘lgan masofalarni o‘lchash kerak. Muzlatkich va kir yuvish mashinasi uchun ularni o‘rnatish joyining nafaqat kengligi va balandligi, balki chuqurligi ham muhim, aks holda texnika sig‘sa-da, lekin yo‘lakka chiqib qolishi mumkin.
Shuningdek, muzlatkichning eshigi to‘liq ochiladimi, shkaf chiroq o‘chirgichni to‘sib qo‘ymaydimi va karavot bilan devor o‘rtasidan o‘tishga joy qoladimi — bularni ham tekshirib ko‘rish lozim.

Bundan oldingi bosqich ham bor: mebel avval xonadonga kirib olishi kerak. Divan mehmonxonaga bemalol sig‘ishi, lekin liftga sig‘masligi mumkin. Sotuvchi esa baribir pulini mamnuniyat bilan olaveradi.
Bunday hisob-kitoblar uchun professional loyiha shart emas. Qo‘lda oddiy chizma chizish, xonalarning fotosuratlariga o‘lchamlarni yozib chiqish va rozetkalarni belgilab qo‘yish mumkin. Shuning o‘ziyoq bor-yo‘g‘i 174 santimetr bo‘sh joyi bor devor uchun eni 180 santimetrli shkafni sotib olmaslikka yetarli bo‘ladi.
O‘lchovlarni ikki marta olgan ma’qul.
Stilni emas, balki oddiy seshanbani muhokama qiling
Ikki kishi minimalizmni sevishi va uning qanday ishlashini butunlay boshqacha tushunishi mumkin.
Bir kishi uchun bu yopiq javonlar va bo‘sh stol. Boshqasi uchun — ochiq javonlar, kitoblar, finjon, zaryadka, qo‘l uchun krem va uch oydan beri javonda vaqtincha yotgan yana bir nechta buyumlar.
Divanning rangini tanlashdan oldin oddiy kunni muhokama qilish foydaliroq. Kim ko‘proq ovqat pishiradi? Kimdir uydan ishlayaptimi? Kirlar qayerda quritiladi? Tez-tez mehmonlar kelib turadimi? Qancha kiyim saqlash kerak? Ikkinchisi uxlab yotgan paytda bir kishi televizor ko‘rishi mumkinmi?

Agar er-xotinning biri uyda ishlasa, divandan oldin yaxshi stol va kreslo kerak bo‘lishi mumkin. Agar ikkalasi ham deyarli ovqat pishirmasa, olti kishilik katta stol-stul oshxonaning yarmini egallashiga hojat yo‘q.
Har kim alohida-alohida pul ayashni istamaydigan ikki-uchta narsani aytib o‘tgani ma’qul. Bu matras, ishlash uchun joy, katta shkaf yoki karavot yonidagi durustroq chiroq bo‘lishi mumkin.
Har bitta tarelkani maslahatlashib olish shart emas. Ammo kelin ham, kuyov ham har kuni foydalanadigan yirik mebel masalasida har ikki tomonning roziligi talab etiladi.
Noqulaylik tartibida xarid qiling
Avvalo, eng chiroyli buyumlarni emas, balki kundalik hayotni yengillashtiradigan, ularsiz yashash qiyin bo‘lgan narsalarni xarid qilish kerak.
Birinchi navbatda, uyqu uchun zarur jihozlarga e’tibor qaratish lozim. Yaxshi matras, karavot asosi yoki karavotning o‘zi, yostiqlar, ko‘rpa va pardalar ilk kechadanoq kerak bo‘ladi. Karavot tanlashda vaqtincha tejamkorroq konstruksiyani tanlash mumkin, ammo matras sifatidan tejash yaramaydi. Chunki uning sifati har tong o‘zingizni qanday his qilishingizga ta’sir qiladi.
Keyingi navbatda — oshxona. Buning uchun muzlatkich, ishlaydigan gaz plitasi yoki paneli, choynak, bir nechta qozon, tova, pichoq va kundalik idish-tovoqlar kerak bo‘ladi. Hozircha 12 kishilik to‘liq idishlar to‘plamini xarid qilishga shoshilmang — katta ehtimol bilan, bunday to‘plam to‘y sovg‘alaridan qolgan qutilarning birida allaqachon bor.

Keyingi navbatda kir yuvish va buyumlarni saqlash masalalarini hal qilish kerak. Kir yuvish mashinasi, kiyim quritgich, kir savati va hech bo‘lmaganda vaqtinchalik shkaf odatda jurnallar turadigan stolchadan ko‘ra foydaliroq bo‘ladi. Aynan saqlash joylarining yetishmasligi yangi kvartirani tezda qutilar ko‘rgazmasiga aylantiradi.
Shundan keyingina ish joyi va dam olish uchun zarur jihozlar haqida o‘ylash mumkin: stol, kreslo, divan, televizor va boshqa buyumlar.
Mehmonlar bir necha hafta jurnallar turadigan stolchasiz ham chidaydi. Ammo belingizning qulay ish kreslosisiz chiday olishi aniq emas.
Didlarni uygʻunlashtirish va mebel toʻplamini sotib olmaslik haqida
Interyer uslubini tanlash va unga qat’iy rioya qilish shart emas.
Dastlab bir nechta umumiy qarorga kelishning o‘zi kifoya: masalan, och rangli yog‘och, sokin tusdagi devorlar, iliq yorug‘lik va matolarda bitta yorqinroq rangdan foydalanish. Yoki to‘q rangli mebellar, oddiy metall buyumlar va minimal darajada mayda bezaklar.
Ikkalangizga ham yoqadigan xonalar aks etgan besh-yettita suratni tanlab, ularda qanday jihatlar takrorlanishiga e’tibor berish foydali boʻladi. Bitta suratni to‘liq ko‘chirib olish emas, balki undagi materiallar, shakllar va rang tuslarini ajratib olish kerak.
Yirik mebellarni shoshilmasdan tanlagan ma’qul — divanni almashtirish yostiq jildi yoki posterga qaraganda ancha qiyin. Ayniqsa, uni avval to‘qqizinchi qavatga ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa.

Interyer yaxlit ko‘rinishi uchun mebel to‘plamini xarid qilish shart emas. Bir nechta rang tuslari va materiallarni takrorlashning o‘zi kifoya. Stolning yog‘och rangi romlar bilan, yoritgich metalli mebel tutqichlari bilan, pardalarning rangi esa yana ikkita kichik buyum bilan uyg‘unlashishi mumkin.
Yoritishda ham xuddi shunday tamoyil ishlaydi. Shiftdagi yagona yorqin chiroq hatto oddiy xonani ham biroz ish kabinetiga o‘xshatib qoʻyishi mumkin. Torsher, stol chirog‘i yoki karavot yonidagi yoritgich ko‘pincha yana bitta bezak vazasidan ko‘ra xonaning ko‘rinishini ko‘proq o‘zgartiradi.
To‘qimachilik buyumlarini yirik mebellardan keyin tanlagan ma’qul. Aks holda, divan, parda va gilamni bir-biri bilan keyinroq tanishtirishga to‘g‘ri keladi.
Boshlanishiga qancha pul kerak bo‘ladi?
Ta’miri tayyor, oshxona mebellari va santexnika jihozlari o‘rnatilgan, ammo asosiy maishiy texnika va mebellari yo‘q kichik kvartirani tasavvur qilaylik.
2026-yil avgust oyida Toshkent do‘konlarida e’lon qilingan ochiq narxlarga ko‘ra, kichik oila uchun mos muzlatkichni taxminan 3−6 mln so‘mga, avtomat kir yuvish mashinasini esa 2,7−5,5 mln so‘mga topish mumkin. Ikki kishilik karavot matras bilan birga taxminan 4−8 mln so‘mga tushadi.
Agar bunga oddiy stol-stul to‘plami, pardalar, kiyim quritgich, asosiy yoritish jihozlari, idish-tovoqlar, yetkazib berish va yig‘ish xarajatlarini qo‘shsak, dastlabki bosqich uchun taxminan 16−28 mln so‘m ajratish maqsadga muvofiq. Bu ko‘chib kirish va chiroyli qutilar orasida yashamaslik uchun yetarli.
Keyingi bosqichda shkaf, divan, changyutkich, ishlash uchun joy va qo‘shimcha saqlash joylarini tashkil qilish mumkin. Ochiq takliflarda divanlar narxi taxminan 1,7−2 mln so‘mdan boshlanadi, kattaroq modellari esa 4−5,5 mln so‘m turadi. O‘rtacha o‘lchamdagi ochiladigan eshikli yoki surilma eshikli shkaf uchun taxminan 3−5 mln so‘m, oddiy changyutkich uchun esa 1,3−3 mln so‘m ajratish mumkin. Ikkinchi bosqich uchun jami yana taxminan 10−20 mln so‘m kerak bo‘ladi.

Qayerga gilam kerakligi, qanday yoritgichlar yetishmayotgani va nima uchun divan ustidagi devor bo‘sh ko‘rinayotgani aniq bo‘lgach, to‘qimachilik buyumlari, yoritish jihozlari, o‘simliklar, posterlar va mayda buyumlar uchun yana 3−8 mln so‘m ajratish mumkin.
Shunday qilib, bunday kvartirani asosiy zarur buyumlar bilan jihozlash uchun taxminan 30−55 mln so‘m kerak bo‘ladi. Bunga televizor, konditsioner, yangi oshxona va yuqori narx toifasidagi texnikalar kirmaydi.
Bu ta’mirlashning o‘rtacha narxi ham, tayyor xarajatlar smetasi ham emas. Quyi chegara mahalliy brendlarning oddiy mebel va maishiy texnikalarini nazarda tutadi. Yuqori chegara esa qimmatroq modellar, sifatli matras va vaqtinchalik yechimlardan kamroq foydalanishni hisobga oladi.
Yetkazib berish, yuqori qavatga olib chiqish va yig‘ish xizmatlari uchun alohida haq olinishi mumkin. Shuning uchun mahsulotlarni peshtaxtadagi narxiga qarab emas, balki uyga olib kelinib, o‘rnatilib, ishlashga tayyor bo‘lgunga qadar ketadigan jami xarajat bo‘yicha solishtirgan ma’qul.
Keshbekni tekshiring!
Mebel va maishiy texnika odatda birgalikda xarid qilinmaydi. Avval muzlatkich, keyin kir yuvish mashinasi, karavot, shkaf va boshqa buyumlar olinadi. Har bir xarid bosqichida nafaqat do‘kon chegirmalarini, balki karta shartlarini ham tekshirib ko‘rish kerak.

TBC Salom kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda, Visa yoki Humo to‘lov tizimidan qat’i nazar, xarid summasining 2 foizi qaytariladi. Bunda Visa kartasi orqali xaridlar uchun keshbekning maksimal miqdori oyiga 400 000 so‘mni, Humo orqali esa oyiga 200 000 so‘mni tashkil etadi.
Yangi divan xarid qilish uchun keshbek yetmasligi mumkin. Ammo yoritgich, yetkazib berish xizmati yoki keyingi xaridning bir qismini qoplashga bemalol yetadi.
Uyni darhol bitirish shart emas
Ko‘chib kelganidan bir necha hafta o‘tgach, juftlik kvartira haqida do‘konga birinchi marta borgan paytidagidan ko‘ra ko‘proq narsani bilib oladi.
Kalitlarni doim qayerga tashlab ketishi, katta stol kerak yoki kerak emasligi, kiyim quritgichni qayerga qo‘yish va mehmonlar taxmin qilinganidek tez-tez kelish-kelmasligi ayon bo‘ladi. Ma’lum bo‘ladiki, biriga karavot yonida yorug‘lik yetishmaydi, boshqasiga esa hech kim tartibga keltirmaydigan, yopiq tortmali javon kerak.
Bu ma’lumotlar xarid qilish uchun tuzilgan har qanday tayyor ro‘yxatdan foydaliroq bo‘ladi. Avval qulay uxlash, ovqatlanish, kir yuvish va buyumlarni saqlash uchun zarur narsalarni xarid qilish kerak. Keyin kundalik hayotni osonlashtiradigan buyumlarni olish mumkin. Shundan keyingina kvartirani shunchaki chiroyli ko‘rinadigan buyumlar bilan to‘ldirishga o‘tish lozim.
Reklama huquqlari asosida.