“So‘g‘d san’ati olami” nomli ma’ruza

Human House`da Mixail Shenkarning “So‘g‘d san’ati olami” ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ma’ruzada mehmonlar Markaziy Osiyo tarixidagi noyob hodisa bo‘lgan So‘g‘d san’ati olami bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Saroylar, ibodatxonalar va badavlat fuqarolar uylarini bezab turgan so‘g‘d rasmlari va yog‘och o‘ymakorligi erkin fuqarolik jamiyatlari tomonidan boshqariladigan shahar-davlatlarning madaniyati, dini, eposi va mafkurasini aks ettiradi. Milodiy I ming yillikdagi Buyuk Ipak yoʻli gullagan davrdagi madaniy aloqalarni eng toʻliq aks ettiruvchi soʻgʻdiylarning sanʼatidir.
Mixail Shenkar — Quddusdagi Yahudiy universiteti professori. Uning ilmiy qiziqishlari Islomgacha bo‘lgan Eron va O‘rta Osiyo arxeologiyasi, san’ati va dinlari, jumladan, zardushtiylik, Yevroosiyo ko‘chmanchi madaniyati, So‘g‘d sivilizatsiyasi va Ipak yo‘lini qamrab oladi. U Tojikiston shimoli-g‘arbidagi Sanjarshoh so‘g‘d maskanini qazish ishlari bo‘yicha direktor va so‘g‘d rasmlari bazasini yaratish loyihasi rahbari.
Ishtirok etish uchun to‘lov: 60 000 so‘m.
O‘rinlar soni cheklanganligi sababli (+998) 90−061−4056 telefoni orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
- Sana6 may, 18:00