Anons

Amazon Web Services bo‘yicha uchrashuv

E‘lon qilindi· 134
Amazon Web Services bo‘yicha uchrashuv

IMPACT.T kovorking markazida Amazon Web Services bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi. Tadbir AWS User Group Tashkent va DevOps Community Uzbekistan ishtirokida tashkil etiladi.

Uchrashuvda ikkita mavzu muhokama qilinadi:

  • Birinchi mavzuda — Elastic Container Service tarkibiga kiruvchi Fargate hisoblash dvigateli xizmatida avtomatik masshtablashda to‘g‘ri strategiyani tanlash bo‘yicha Anton Kovalenko o‘z maslahatlarini beradi.
  • Ikkinchi mavzuda — Java`da yozilgan Lambda funksiyalarini ishga tushirishni tezlashtirish uchun SnapStart haqida EPAM Systems`ning AWS domeni rahbari Sergey Kirgizov bu xususiyatni qanday yoqish va u qanday ishlashini aytib beradi.

Uchrashuv ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirok etish bepul.

Uchrashuvda qatnashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.