Anons

NASA Space Apps Challenge 2023 kosmik hakatoni

E’lon qilingan sana· 41
NASA Space Apps Challenge 2023 kosmik hakatoni

INNO Texnopark`da NASA Space Apps Challenge 2023 kosmik hakatoni bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekkosmos” agentligi hakatonda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi. NASA Space Apps Challenge mavzulari fazoni tadqiq qilish, maʼlumotlar fani, geologiya, astronomiya, STEM va taʼlim bilan bogʻliq muammolarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Tadbir ishtirokchilari innovatsion fikrlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, O‘zbekiston kosmik sanoati rivojiga hissa qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.

Ariza topshirish shartlari:

Ishtirokchilar yakka tartibda ro’yxatdan o’tishadi, lekin faqat to’liq jamoalar qatnashishi mumkin.

To’rtta ball to’plangan taqdirdagina jamoa a’zosi ishtirok etish huquqiga ega bo’lishi mumkin.

Ishtirok etish bepul.

Arizalarni topshirish va guruhlarni shakllantirishning oxirgi muddati: 2023-yil 3-oktabrgacha.

Tasdiqlangan ishtirokchilar roʻyxati 2023-yil 5-oktabrda eʼlon qilinadi va havola orqali e’lon qilinadi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ