Tibbiyot va fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

E’lon qilingan sana· 311
Tibbiyot va fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari aniqlandi

2023-yil uchun Nobel mukofoti laureatlarini e’lon qilish boshlandi. 2-oktyabr kuni fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida, 3-oktyabr kuni esa fizika bo‘yicha mukofot o‘z egalariga topshirildi.

AQSHning Pennsilvaniya universiteti tadqiqotchilari Dryu Vaysman va Katalin Kariko koronavirusga qarshi mRNK vaksinalarini ishlab chiqqani uchun tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shu paytgacha jami 113 marta berilgan. 2022-yilgacha 225 nafar g‘olib aniqlangan.

Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti esa elektronlar bo‘yicha tadqiqotlari uchun AQSh, Germaniya va Shvetsiyadan uch nafar olimga berildi.

Ular — Ohayo universiteti (AQSh) vakili Per Agostini, Maks Plank instituti va Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universiteti (Germaniya) xodimi Ferens Kraus va Lund universitetidan (Shvetsiya) Ann L-Yuile. Olimlar atomlar va molekulalardagi elektronlarni o‘rgangan.

Ushbu yo‘nalishda 1901-yildan beri jami 116 ta mukofot berilgan, uni qo‘lga kiritganlar soni 222 kishini tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, turli yo‘nalishlarda Nobel mukofoti sovrindorlari 9-oktyabrgacha e’lon qilib boriladi: 4-oktyabr — kimyo, 5-oktyabr — adabiyot, 6-oktyabr — tinchlik, 9-oktyabr — iqtisod.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ