Anons

O'zbekiston jurnalistikasi haqida ma'ruza

E’lon qilingan sana· 29
O'zbekiston jurnalistikasi haqida ma'ruza

Ziyo Forum`da Sabina Bakaeva tomonidan “O‘zbekiston jurnalistikasi: qiyinchiliklar va qanday qilib jurnalist bo‘lish mumkin” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tadi.

Sabina Bakaeva — “Gazeta.uz"ning shef-muharriri va ko‘plab maxsus materiallar muallifi.

Ma’ruza zamonaviy jurnalistikaning dolzarb muammolari, uning xususiyatlari, izlanayotgan mutaxassislar va ommaviy kommunikatsiyalar sohasiga qiziquvchilar uchun tavsiyalarga bag‘ishlanadi. O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarining muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi va muhokama qilinadi. Sabina Bakaeva o’zining kasbiy tajribasi, fikri bilan o’rtoqlashadi va tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob beradi, ijodiy salohiyatingizni qanday ochish va uni qayerga yo’naltirish kerakligini aytib beradi.

Ushbu havola orqali oldindan ro’yxatdan o’tish talab qilinadi.

Tashkilotchilar: Ziyo Forum Fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ