"Technovation Girls Uzbekistan 2024" xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

E’lon qilingan sana· 63
"Technovation Girls Uzbekistan 2024" xalqaro tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

O‘zbekistonda qizlar uchun eng yirik STEM-dastur hisoblangan “Technovation Girls Uzbekistan” dasturi yangi mavsumni boshlamoqda. Dastur “Tech4Impact” NNT tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi hamda “Yandex” texnologik kompaniyasi hamkorligida tashkil qilingan.

7-fevral kuni dasturni ishga tushirish bo‘yicha tadbir bir vaqtning o‘zida 5 ta shaharda — Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus va Farg‘onada o‘tkazildi.

Technovation Girls — har yili dunyoning 160 ta mamlakatida o‘tkaziladigan qizlar uchun xalqaro texnologik tanlov. Uning maqsadi ishtirokchi qizlarga “moslashuvchan” ko‘nikmalarni berish, ularni IT-texnologiyalar va texnologik sohalardagi tadbirkorlikka qiziqtirishdan iborat.

12 haftalik dastur marketing, dasturlashtirish, biznes-ko‘nikmalar va taqdimot ko‘nikmalari bo‘yicha ta’lim modullarini o‘z ichiga olgan. Qizlar texnologiyalar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega muaammolarni hal qilish va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan bog‘liq sohalarda innovatsion mobil ilovalar yaratishni o‘rganadilar.

“„Technovation Girls“ dasturi O‘zbekistonda 8 yildan beri o‘tkazib kelinadi, biz bu mavsumda, hamkorlar ko‘magida, dastur faoliyatini hududlarda hm kuchaytiryapmiz, ko‘proq offlayn-tadbirlar, rolli modellar (IT va biznes sohalaridagi qizlar) bilan uchrashuvlar o‘tkazishni, texnologik kompaniyalarga tashriflarni va Farg‘ona vodiysida xakaton o‘tkazishni rejalashtirganmiz. O‘tgan yili global tanlov g‘olibiga aylangan jamoa namunasi ko‘plab qizlarni ilhomlantirdi, biz bu yil ham yangi ishtirokchi qizlardan sabrsizlik bilan g‘oyalar va mobil ilovalarni kutib qolamiz”, — deya qayd etadi Saida Yusupova, “Tech4Impact” NNT direktori.

“Har yili “Technovation Girls” dasturi yuzlab qizlarni texnologiyalar sohasiga jalb qilmoqda, vazirlik doim bunday ta’lim va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki shu tufayli qizlar STEM sohasiga qiziqmoqda va XXI asrning istiqbolli kasblarini o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. “Technovation” dasturining 2024-yil, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da o‘tkazilishi juda dolzarb hisoblanadi”, — deydi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shaxlo Turdikulova.

IT bu — ayollarning sohasi emas, degan tushunchalar allaqachon eskirdi. Biz „Yandex“ misolida tahlil, testdan o‘tkazish, ishlab chiqish, ML (mashinaga o‘rgatish) sohalariga ayol mutaxassislarning yangi avlodi kelayotganini ko‘ryapmiz. Rahbar ayollar murakkab texnologiik loyihalarni rivojlantirmoqda. Nazarimda, kishilar ongidagi bunday siljish qizlar kichkinaligidan texnologik servislar bilan o‘zaro munosabatda bo‘layotgani va ushbu sohada ko‘proq rolli modellarni ko‘rayotgani uchun imkonli bo‘lmoqda. Bu qiziqishni chuqurlashtirish muhim, shu bois biz O‘zbekistonda „Technovation“ dasturini qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bunday loyihalar g‘oyadan to‘laqonli loyihagacha bo‘lgan yo‘lni mustaqil ravishda bosib o‘tish imkonini beradi. Bu birinchi muhim bosqich bo‘lib, kelgusida qizlarning karerasini belgilab berishi mumkin”, — deydi Darya Zolotuxina, “Yandex” kompaniyasining HR-direktori.

2024-yilda “Yandex” mutaxassislari hamkorlik doirasida O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalarning mentorlariga aylanadi. Har bir jamoa 3 oy ichida mentorlar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega mobil ilovani yaratishi, loyihaning biznes-rejasini yozishi, loyiha haqida video tasvirga olishi hamda o‘z loyihasini tanlov finalida taqdim etishi kerak bo‘ladi.

O‘zbekiston jamoalari quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqadi: bulling va diskriminatsiyani kamaytirish uchun AI (sun'iy intellekt)dan foydalanish, zilzilalar paytida yordam berish uchun robotlarning prototiplarini yaratish, gender tengsizligini kamaytirish, atmosferaga CO2 tashlanishlarini kamaytirish, daraxt ekish, havo sifatini nazorat qilish, eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari va grantlarni izlash, mental salomatlik, ayollar uchun qisman bandlik bo‘yicha va hokazo loyihalar.

2023-yilda Kremniy vodiysida (AQSh) o‘tkazilgan “Technovation” dasturining xalqaro finalida O‘zbekistonning “Tecnas” jamoasi maktablar uchun VR-laboratoriya ilovasi bilan ilk bor xalqaro tanlovning finaliga chiqdi va “Social Impact Award” nominatsiyasida (bu ijtimoiy muammolarni hal qilishga o‘z hissasini qo‘shgan eng yaxshi “Technovation” loyihasi uchun mukofot) g‘oliblikni qo‘lga kiritib, butun dunyodan tashrif buyurgn 2500 dan ortiq jamoa orasida 12 ta eng yaxshi finalchi jamoa safidan o‘rin oldi.

Avvalgi oqimlarni tadqiq qilish natijalariga ko‘ra, “Technovation” dasturida qatnashgandan so‘ng, hatto 5 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, qizlar ushbu dastur ularning qiziqishlariga, karerasiga, yetakchilik ko‘nikmalariga va ishga joylashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan deb hisoblashmoqda.

Ushbu tanlovda qatnashgandan so‘ng ishtirokchi qizlar ta’lim tanlovlarida va xalqaro ta’lim grantlarida yutib chiqishmoqda, mahalliy va xalqaro oliy ta’lim yurtlariga o‘qishga kirishmoqda, IT, fan va injiniring sohalarida karera qilishmoqda hamda o‘z startaplarini yaratishmoqda.



“Men boshqa qizlar ham o‘zlarini texnologiyalar sohasida sinab ko‘rishlarini, bu qizlar uchun murakkab soha degan stereotiplardan xalos bo‘lishlarini hamda „Technovation“ dasturi qizlarning hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini men kabi tushunishlrini istardim. Tanlovda qatnashar ekansiz, o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchingiz ortadi, qaysi sohada (u IT bo‘ladimi yoki boshqa sohami) karera qilishingizdan qat’i nazar, har qanday maqsadga erisha olishingiz va har qanday loyihani bajara olishingiz mumkinligini tushunasiz” — deydi “Technovation 2022” ishtirokchisi Shahnoza.

“Technovation Girls Uzbekistan” tanloviga ro‘yxatdan o‘tish 2024-yil 15-fevralgacha ochiq. “Technovation” dasturida qatnashishga mamlakatning barcha hududlaridan 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar taklif etiladi. Offlayn-treninglar va seminarlar 6 ta shaharda bo‘lib o‘tadi: Toshkent, Andijon, Namangan, Nukus, Samarqand va Farg‘ona. Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishi mumkin. Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish muhim.

Ishtirokchi qizlar va mentorlar tanlovning xalqaro saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ