Anons
Apple hamasoschisi Stiven Voznyak bilan uchrashuv
E’lon qilingan sana: · 162

“Central Asian University"da “Apple” kompaniyasi hamasoschisi Stiven Voznyak bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. U “Texnologiya va ta’lim: kelajak yaratish uchun oʻtmishdan saboqlar” mavzusidagi “CAU Technical Summit” doirasida tashkil etiladi.
Voznyak panel muhokamasi doirasida:
- Apple’ning yaratilishi;
- Steve Jobs bilan hamkorlik;
- Texnologiyalar kelajagi;
- Tadbirkorlik tafakkurining ahamiyati haqida gapirib beradi.
Bundan tashqari, Voznyak innovatsiyalar, ijodkorlik va ta’lim mavzulariga to‘xtalib o‘tadi.
“CAU Technical Summit"da boshqa yetakchi ekspertlar va sanoat yetakchilari ham so‘zga chiqadilar:
- Shahina Po‘latova — sun’iy intellekt mahsulotlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassis, sun’iy intellekt sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga ixtisoslashgan;
- Ulug‘bek M. — “Lucid Motors” va “eBay"da ishlagan, hozirda 6,5 million dollarlik sarmoya bilan venchur fondlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan startapni rivojlantirmoqda;
- Roman Lavrentev — “Uzum” rahbari;
- Nika Kurdiani — “TBC Uzbekistan” bosh direktori.
Chipta narxlari: 500 000 — 5 000 000 soʻm.
Sotib olish uchun.
“afisha” promokodi orqali 10 foizli chegirmaga ega boʻlish mumkin.
- Sana19 mart, 18:00
- Sana20 mart, 18:00