Xalqaro kitob ulashish kunida sovgʻa qilish mumkin boʻlgan 7 ta romantik kitob (+bonus)

E’lon qilingan sana· 199
Xalqaro kitob ulashish kunida sovgʻa qilish mumkin boʻlgan 7 ta romantik kitob (+bonus)

Bugun, 14-fevral kuni bir qator bayramlar nishonlanmoqda. Ular qatorida adabiyot ixlosmandlari uchun muhim boʻlgan Xalqaro kitob ulashish kuni ham bor.

Afisha.uz ushbu bayram munosabati bilan sovgʻa qilish mumkin boʻlgan 7 ta romantik kitobni bir yerga jamladi.


“Bir kun”

Toʻrt yil bitta universitetda oʻqigan ikki inson bitiruv kuni tanishib qoladi. Taqdir Emma va Deksterning yoʻllarini aynan shunday gʻaroyib tarzda kesishtiradi. Bitiruvning ertasiga esa muhabbat tarixiga asos boʻlgan voqea yuz beradi.

“Bir kun” nomli film uchun asos boʻlgan ushbu kitob ikki qahramonning har yili 15-iyulda nimalarni boshdan kechirishini tasvirlaydi.

Kitob narxi: 60 000 soʻm.

“Bir kun"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Choliqushi”

Koʻpchilik uchun tanish boʻlgan qahramonlar Komron va Feridening muhabbatga erishish yoʻlida boshidan kechirgan voqealarini tasvirlovchi asar ham bugungi kun uchun ayni muddao boʻladi.

Yangi va eski talqindagi seriallarni tomosha qilgan boʻlsangiz, original voqeani oʻqishning ayni vaqti.

Kitob narxi: 29 000 soʻm.

“Choliqushi"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Mehrobdan chayon”

Ushbu roʻyxat, albatta, Abdulla Qodiriysiz toʻliq boʻlmay qolardi. Biz oʻzbek romanchiligi otasining hammaga ma’lum va mashhur boʻlgan asarini emas, balki muhabbat tasvirlangan boshqa kitobi — “Mehrobdan chayon"ni tavsiya qilishni lozim topdik.

Zero Anvar va Ra’noning oʻrtasida tasvirlangan munosabatlar bugungi kunning bezagi boʻlsa ajab emas.

Kitob narxi: 29 000 soʻm.

“Mehrobdan chayon"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Noma'lum ayol maktubi”

Ayol qalbini tasvirlashda yuqori oʻrinlarda turuvchi avstriyalik yozuvchi Stefan Sveyg javobsiz muhabbat haqidagi eng zoʻr asarlardan birini yozib qoldirgan.

Ushbu asarda bir yozuvchini sevib qolgan butun umr uni kuzatib yurgan va umrining oxirida unga xat yozishga qaror qilgan ayol taqdiri haqida soʻz boradi.

Kitob narxi: 30 000 soʻm.

“Noma'lum ayol maktubi"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Andisha va Gʻurur”

Jeyn Ostin “Andisha va g‘urur” asarida qishloq dvoryani qizi Elizabet Bennet va kelib chiqishi, boyligi bilan maqtanadigan pomeshchikning o‘g‘li Fitsuilyam Darsi o‘rtasidagi sevgi sarguzashtlarni hikoya qiladi.

Kitob narxi: 35 000 soʻm.

“Andisha va gʻurur"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Buyuk Getsbi”

Jey Getsbi — hamma narsaga oʻzi erishgan boy odam. Ammo bunday katta boylikning kelib chiqishi haqida hech kim bilmaydi. Getsbi Dayzi Byukenenga boʻlgan muhabbat tarixiga ega.

Ammo qiz boy oiladan boʻlgan odam Tom Buyukenenga, uylandi. Deyzining amakivachchasi Nik bizga sevgisi uchun kurashgan ikki insonning toʻqnashuvi haqida hikoya qilib beradi.

Kitob narxi: 29 000 soʻm.

“Buyuk Getsbi"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


“Usta va Margarita”

Rus adabiyotiga ham yetib keldik. Kitobxonlar Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” asari haqida sirli muhabbat qissasi deb ham fikr bildirishadi.

Jahon klassikasiga aylangan asarda nafaqat muhabbat, balki boshqa umuminsoniy mavzularga ham toʻxtalib oʻtiladi.

Kitob narxi: 55 000 soʻm (rus tilida).

“Noma'lum ayol maktubi"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.


Bonus: “Boburnoma”

14-fevral sanasida Zahiriddin Muhammad Boburning ham tugʻilgan kuni nishonlanadi. U ham umri davomida muhabbat haqida koʻplab ruboiylar yozib qoldirgan, biroq katta ahamiyat qaratishga loyiq boʻlgan “Boburnoma” asari ushbu toʻplamda boʻlishi kerak deb hisobladik.

Kitob narxi: 39 900 soʻm.

“Boburnoma"ni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling