Lazgi san’ati haqida ma’ruza

Respublika bolalar kutubxonasida lazgi raqs san’ati haqida ma’ruza boʻlib oʻtadi.
San’atshunos va “Bahor” ansambli rahbari Gulnora Musayeva qadimiy xorazmcha raqs qanday qilib o‘zbek xalqining o‘zini namoyon etishda asosiy vositalardan biriga aylangani haqida soʻzlaydi. Shuningdek, nega uni “Qalb raqsi” deb atashlarini, uning zamirida qanday ramzlar yashiringanini va nima uchun imo-ishoralar ijro texnikasidan kam bo‘lmagan ahamiyat kasb etishini bilib olish mumkin.
Ma’ruza davomida, shuningdek, lazgining to‘qqiz turi, erkaklar va ayollar ijrosidagi farqlar haqida suhbat boʻlib oʻtadi. Bu YUNESKO tomonidan ta’sis etilgan Butunjahon san’at kuni munosabati bilan tashkil etiladi.
Kirish bepul.
Ushbu havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 71−231−1791.
Jadval
- Respublika bolalar kutubxonasi15-aprelseshanba18:00Toshkent, Yaxyo G'ulomov ko‘ch., 47