Statistika: Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha umr koʻrish yoshi 75 dan oshdi
E’lon qilingan sana: · 37

2024-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.
Ma’lumot uchun, bu ko‘rsatkich 2023-yilda 74,7 yosh edi. Ya’ni bir yilda oʻrtacha yosh 0,4 ga oshgan.
So‘nggi o‘ttiz yildagi o‘sish:
- 1991-yil — 66,4 yosh;
- 1995-yil — 69,1 yosh;
- 2000-yil — 70,8 yosh;
- 2005-yil — 71,8 yosh;
- 2010-yil — 73 yosh;
- 2015-yil — 73,6 yosh;
- 2020-yil — 73,4 yosh;
- 2024-yil — 75,1 yosh.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etgan.