Anons
Ziyo Forumda "Milliy diktant" kuni
E’lon qilingan sana: · 75

Ziyo Forum ilm-fan va ta’lim, tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi o‘quvchilar va yozma ifoda ko‘nikmasiga ega yoshlar uchun “Milliy diktant” kuni boʻlib oʻtadi.
Loyihaning maqsadi — diktant mashqlari orqali ona tiliga mehr va qiziqishni kuchaytirish, savodxonlik darajasini oshirish hamda o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlashdir.
Har bir ishtirokchilar uchun darajaga mos matnlar va audio yozuvlar ishlab chiqiladi. Ularning ishlarini avtomatik tizim va mutaxassislar birgalikda tekshiradi. Bu jarayon yoshlar uchun o‘z xatolarini tahlil qilib, yozma madaniyatini takomillashtirish imkonini beradi.
Ishtirok etish yoshi chegaralanmagan.
Havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim.
21-oktabr
15:00
Toshkent, Кушбеги ko‘ch., 8