Toshkentda “Naqsh” hunarmandchilik maktabi ochildi
E’lon qilingan sana: · 54

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda “Naqsh” milliy hunarmandchilik maktabi ochildi.

KFSTA ko‘p yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga me’morchilik, naqsh, xattotlik va amaliy san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan O‘zbekistonda ham bahramand bo‘lish imkoni paydo bo‘lmoqda.


Maktabining birinchi o‘quv yili besh kursdan tashkil topadi. Dastlabki 1-bosqich mashg‘ulotlari Toshkentda, 2-bosqich Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilib, talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqshlarni o‘rganadilar.